06:30 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
119 0 0

Toshkentda 3000 dollar evaziga doktoranturaga kirishda yordam berishni vaʼda qilgan qallob ustidan jinoyat ishi ochildi.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkent shahrida doktoranturaga kirishda yordam berishni vaʼda qilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga koʻra, Olmazor tumani ichki ishlar organlariga 32 yoshli sirdaryolik D.B. murojaat qilgan. U 2019 yilning noyabr oyida unga doktoranturaga kirishda yordam berishini vaʼda qilib, vaʼdasida turmagan 46 yoshli M.T.ga nisbatan chora koʻrishni soʻragan. Firibgar xizmatlari evaziga 3 ming dollar olgan.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular