15:57 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Hodisalar
Havola olish
225 0 0

“MAN” yuk mashinasi 59 yoshli piyodani bosib ketdi. Piyoda qatnov qismining belgilanmagan joyidan, mashinaning old oʻng tomonidan kesib oʻtmoqchi boʻlgan.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkentda yuk mashinasi bosib ketgan piyoda vafot etdi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga koʻra, yoʻl-transport hodisasi  20 oktyabr kuni soat 10:00 larda Sergeli tumani Yangi Qoʻyliq koʻchasi “Davr bank” binosi qarshisida yuz bergan.

“MAN” rusumli yuk mashinasini boshqargan 37 yoshli haydovchi A.A. svetaforning taqiqlovchi qizil chirogʻida toʻxtab, yashil chiroq yonishi bilan yana harakatini davom ettirgan. Shunda 1961 yilda tugʻilgan piyoda M.YU qatnov qismining belgilanmagan joyidan, mashinaning old oʻng tomonidan kesib oʻtmoqchi boʻlgan. Haydovchi piyodani koʻrmay qolib bosib ketgan.

Natijada M.YU. piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Hodisa tafsilotlari oʻrganilmoqda.

Asosiy mavzular