15:54 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
66820

Gʻuzordagi “Enter Engineering” kompaniyasi ishchilari norozilik namoyishini uyushtirib, kompaniya mulkiga zarar yetkazdi.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Bugun, 21 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Enter Engineering” kompaniyasi ishchilari namoyishlari aks etgan video tarqaldi.

Taʼkidlanishchia, Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi obʼyektlaridan birida ishchilar norozilik namoyishini uyushtirib, kompaniya mulkiga zarar yetkazgan.

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, hodisa 21 oktyabr kuni ertalab soat 7:30da ishchilar uchun moʻljallangan oshxonadagi monoblok tizimidagi (elektron kirish tizimi) texnik nosozlik sodir boʻlgan. Oqibatda ular kundalik ovqatlanishga kira olmagan. Bu esa katta norozilik keltirib chiqargan.

Xabarda yozilishicha, ayni paytda texnik xodimlar ishchi guruhi monoblok tizimidagi nosozlikni tuzatmoqda.

“Energetika vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Enter Engineering Pte. Ltd” rahbariyati tafsilotlarini bilish va kelajakda shunga oʻxshash hodisalarning oldini olish uchun voqea joyiga uchib ketdi”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular