11:36 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
343 0 0

Rossiya koʻp maqsadli samolyoti qulashi oqibatida hech kim jarohatlanmadi, uchuvchilar katapulta yordamida omon qolishdi.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Xabarovsk oʻlkasida oʻquv mashgʻulotlar vaqtida Su-34 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqida RIA Novosti Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmatiga asosan xabar qilmoqda. 

"Uchuvchilar katapulta qilishgan ulgurgan. Hozir ular baza aerodromda, ularning sogʻligʻiga hech narsa tahdid solayotgani yoʻq", - deyilgan rasmiy xabarda. 

Maʼlum boʻlishicha oʻquv parvozi jangovar aslahalarsiz amalga oshirilgan, samolyot portlash oqibatida havoda toʻliq yonib ketgan. Samolyot qulab tushgan yerda hech qanday vayrongarchilik sodir boʻlmagan. 

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, samolyot fojeasiga olib kelgan sabab uning texnik nosozligi boʻlgan. 

Maʼlumot uchun Su-34 — rossiyaning koʻp maqsadli qiruvchi-bombardimonchi samolyoti boʻlib u tovush tezligidan tez ucha oladi. Samolyot havo va yerdagi nishonlarga zarba berishi mumkin. Kelajakda Su-24 samolyotlarini toʻliq almashtirish kerak. 

Asosiy mavzular