02:02 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
700 0 0

Bedarak yoʻqolgan 18 yoshli Abzalova Fotima Mahmudjon qizi qidirilmoqda - Toshkent IIBB matbuot xizmati.

TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. Toshkentda bedarak yoʻqolgan Abzalova Fotima Mahmudjon qizi qidirilmoqda, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Abzalova Fotima Mahmudjon qizi, 2002 yilda tugʻilgan, shu yil 14 avgust kuni Olmazor tumani, Shifonur koʻchasi, 71 uy manzili boʻyicha joylashgan uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Belgilari: boʻyi 170-175 sm., qaddi-qomati oʻrtacha, sochlari uzun och jigar rang, koʻzlari toʻq qora, lablari, quloqlari oʻrtacha, iyagi toʻgʻri.

Kiyimlari: oq-qora xol-xol gulli koʻylak, qora shippak.

Qidiruvga foydali boʻlishi mumkin boʻlgan maʼlumotni taqdim etish uchun raqamlar: Olmazor tumani IIO FMB 71-230-50-85, 71-230-50-86 yoki 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50.

Asosiy mavzular