“Jiguli” va eshak arava ishtirokidagi YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaDTP v Djizaxe s uchastiyem “Jiguli” i povozki: pogibli dvoe
DTP v Djizaxe s uchastiyem “Jiguli” i povozki: pogibli dvoe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
21 yoshli VAZ-2106” haydovchisi katta tezlikda harakatlanayotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi eshak aravaning orqa tomoniga borib urilgan.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida “Jiguli” va eshak arava ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

YTH 27-oktabr kuni soat 19:50 larda Yangiyer—Dashtobod avtomobil yo‘lining 35 kilometrida sodir bo‘lgan. 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro “VAZ-2106” avtomobilini katta tezlikda boshqarib borayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib kelayotgan eshak aravaning orqa tomoniga urilgan.

DTP v Djizaxe s uchastiyem “Jiguli” i povozki: pogibli dvoe
“Jiguli” va eshak arava ishtirokidagi YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
DTP v Djizaxe s uchastiyem “Jiguli” i povozki: pogibli dvoe

Natijada eshak aravada bo‘lgan 1958-yilda tug‘ilgan X.E. hamda 1998-yilda tug‘ilgan A.P. turli darajadagi tan jarohatlarini olib, Zomin tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jabrlanuvchilar vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0