Samarqandda "Mama Roza"lik qilgan ayol qamoqqa olindi

Obuna bo‘lish
Samarqandda 12 nafar shaxsdan fuqarolik pasportini olib qo‘yib, ular fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan ayol qo‘lga olindi.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Samarqandda 12 nafar shaxsdan fuqarolik pasportini olib qo‘yib, ular fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan ayol qo‘lga olindi.

DTP v Djizaxe s uchastiyem “Jiguli” i povozki: pogibli dvoe - Sputnik O‘zbekiston
“Jiguli” va eshak arava ishtirokidagi YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi

2018 yil avgust oyidan joriy yilning oktabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 44 yoshli O.K., Samarqand shahrida joylashgan uylarning birida K.U., R.E., A.A., K.A., M.F., L.M., M.Sh., G.M., M.R., H.S., D.R. va Z.B., larga ijaraga boshpana berishni va’da qilib, ularni fuqarolik pasportlarini g‘ayriqonuniy ravishda egallab, o‘ziga qaram qilib, tungi vaqtda Samarqand shahar Ro‘dakiy ko‘chasi va boshqa joylarida fohishalik bilan shug‘ullanishlariga majburlab, ularni zo‘rlik bilan ishlatib, har biridan kunlik 200.000 so‘mdan 500.000 so‘mgacha pullarni topish maqsadida foydalanib, ushbu yo‘l bilan topilgan pullarni o‘zida saqlab, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O.K., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “B” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, o‘tkazilgan tintuv tergov harakati davomida yuqoridagi shaxslarning fuqarolik pasportlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirda O.K., jinoyat ishi doirasida JKning 135-moddasi 2-qismi “B,i” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi tanlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0