16:21 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Hodisalar
Havola olish
57801

Voyaga yetmagan farzandlarini oʻzi yashaydigan hududdagi suv omboriga kelib, omborning boshlanish qismiga farzandlarini ketma-ketlikda suvga tashlab, ularni choʻkib oʻlganligiga ishonch hosil qilgandan soʻng, oʻzini ham suvga tashlab, joniga qasd qilgan

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati sal avval ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida joylashgan "Eski yer" suv omboridan 3 nafar odam jasadi topilgani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Aniqlanishicha, 26 oktyabr kuni Yangiqoʻrgʻon tumani Navkent mahallasida yashovchi 36 yashar ayol (N.Gʻ.)shaʼriy nikohdagi turmush oʻrtogʻining oilasiga tegishli boʻlgan, 2 gektar tutzor uchun ajratilgan yer maydonining 50 sotixini ukasiga berib yuborganligidan norozi boʻlib, bu haqida xat yozib qoldirgan.

Soʻng, 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan tumandagi "Yangiqoʻrgʻon eski yer" suv omboriga kelib, omborning boshlanish qismiga farzandlarini ketma-ketlikda suvga tashlab, ularni choʻkib oʻlganligiga ishonch hosil qilgandan soʻng, oʻzini ham suvga tashlab, joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular