14:13 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
150 0 0

Oʻzbekistonda havo harorati pasayishi bilan aholi orasida is gazidan zaharlanish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar qayd etiladi. Bu kabi hodisalarning kelib chiqishiga asosan isitish pechlari va bugʻ qozonlari dudboʻronlarining nosozligi sabab boʻlmoqda.

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Navoiy viloyati Navbahor tumanida ikki nafar voyaga yetmagan aka-uka is gazidan zaharlanib vafot etdi, deb xabar qiladi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Aka-ukalar kollej talabasi boʻlishgan. Baxtsiz hodisaga uyning yotoqxonasiga oʻrnatilgan gaz pechidan sizib chiqqan is gazi sabab boʻlgan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekistonda havo harorati pasayishi bilan aholi orasida is gazidan zaharlanish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar qayd etiladi. Bu kabi hodisalarning kelib chiqishiga asosan isitish pechlari va bugʻ qozonlari dudboʻronlarining nosozligi sabab boʻlmoqda.

Xususan, joriy yilning 22 oktyabr kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumani Ostona qishlogʻida isitish qozoni dudboʻroni ichiga yoz paytida qushlar in qurishi uning nosozligiga olib kelgan. Natijada tabiiy gazni chala yonishi kuzatilib, 4 nafar fuqarolar (xonadon sohibi, uning turmush oʻrtogʻi va 2 nafar farzandi) ning hayotdan bevaqt koʻz yumishiga sabab boʻlgan.

28 oktyabr kuni ham Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida joylashgan koʻp qavatli uydagi xonadonlaridan biriga oʻrnatilgan bugʻ qozonining dudboʻroni qozondan ajralib qolganligi sababli, xonadon ichida is gazi toʻplanishiga olib kelgan. Natijada xonadon sohibi va 2 nafar oila aʼzolari is gazidan zaharlanib vafot etishgan.

Oʻzbekiston FVV fuqarolardan kuz-qish mavsumida isitish pechlari va qozonlaridan foydalanishdan avval dudboʻronlarning sozligiga alohida eʼtibor berishni soʻraydi.

Asosiy mavzular