15:22 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
164602

Pedofil 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Onaizor "pedofilga bu muddat kam, u qisqa fursatda qamoqdan chiqib kelsa, bizga yana zulm oʻtkazishi mumkin", degan havotirda sud hukmidan noroziligini aytmoqda

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida 11 yoshli oʻgʻil bola qishloqdoshi tomonidan zoʻrlangan.

Mudhish hodisa joriy yil iyun oyida sodir boʻlgan va unga bolaning onasi va qishloqdosh erkak oʻrtasidagi mojaro sabab boʻlganligi taxmin qilinmoqda. Ayol yolgʻiz ona.

Onaning aytishicha, hodisa yuz berishidan bir oy avval ayol va uning bir qishloqdoshi oʻrtasida maishiy sabablarga koʻra, kelishmovchilik yuz bergan. Oʻshanda erkak ayolga qarata: "Hali shoshmay tur, bir umr yuzingni yerga qarataman", deya dagʻdagʻa qilgan.

Oradan bir oy oʻtib, dagʻdagʻa qilgan erkakning amaki ukasi - yoshi taxminan 25 yoshlarda boʻlgan yigit ayolning 3-sinf oʻgʻlini maktab hojatxonasiga sudrab olib kirib, zoʻrlagan.

Bola uyiga yigʻlab kelgach, oʻgʻlining anusi qonab yotganini koʻrgan ona zudlik bilan kasalxonaga murojaat qilgan. Bolaga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan, ammo u shifoxonada olib qolinmagan.

Ayolning aytishicha, hozirda maktab oʻquvchisi joyida oʻtira olmay qolgan va bir oyogʻi oqsaydi, umurtqa qismi ogʻriydi.

Pedofiliyada gumonlanayotgan yigit ustidan sud oktyabr oyida boʻlib oʻtgan. Maktab oʻquvchisini zoʻrlagan yigitni sud 7 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Jabrdiydaning onasi chiqarilgan hukmdan norozi. Ayol "pedofilga bu muddat kam, u qisqa fursatda qamoqdan chiqib kelsa, bizga yana zulm oʻtkazishi mumkin", degan havotirda.

Asosiy mavzular