Chirchiqda IIB xodimini urgan qoidabuzar fuqaroga qarshi jinoyat ishi ochildi

Obuna bo‘lish
Mast va niqobsiz bo‘lgan fuqaro huquq-tartibot xodimiga qarshilik ko‘rsatgan. O‘ng tirsagi bilan IIB xodimining yuziga urib, tan jarohati yetkazgan.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkent viloyati Chirchiq shahrida karantin qoidalariga amal qilmasdan huquq-tartibot xodimiga qarshilik ko‘rsatgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Rabota statsionarnix i mobilnix kompleksov fotovideofiksatsii - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada kameralar niqobsiz yurgan necha kishini jarimaga tortdi

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 30-oktabr kuni soat 23:00da Chirchiq shahri, Alisher Navoiy ko‘chasida Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari tungi xizmat vaqtida mast holatda, karantin qoidalarini buzib tibbiy niqobsiz turgan fuqaro N.S.ga duch kelgan.

Xodimlar qonunbuzar fuqaroga karantin talablarini eslatib tanbeh berishganida N.S. faol qarshilik ko‘rsatgan holda o‘ng tirsagi bilan IIB xodimi S.A.ning yuz qismiga bir marta urib tan jarohati yetkazgan. O‘z xatti-harakatlari bilan xizmat vazifasini bajarishga to‘sqinlik qilgan.

Shahar prokuraturasi fuqaro N.S.ga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Yangiliklar lentasi
0