Venadagi otishmada ikki kishi halok bo‘ldi

© AFP 2023 / JOE KLAMARPolitsiya vozle mesta proisshestviya v Vene
Politsiya vozle mesta proisshestviya v Vene - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Venada bir necha terrorchi sinagogaga hujum qildi, ulardan birida xudkush-kamari bo‘lgani xabar qilinmoqda.

TOShKENT, 3 noya - Sputnik. Avstriya poytaxti Venada kecha sodir bo‘lgan otishma qurbonlari 2 kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda Russia Today shahar meri Mixael Lyudvigga asosan.

"Otishmada halok bo‘lgan erkakdan tashqari yana bir yaralangan ayol kishi vafot etdi", — dedi Lyudvig.

Avstriya konsleri Sebastyan Kurs bo‘lib o‘tgan voqeani "terakt" deb baholadi va uning oqibatida 15 kishi jarohat olganini ta’kidladi. 

2 noyabr tunda Venadagi Shvedenplats maydonidagi sinagoga va yahudiylar markaziga bir necha qurollangan kishilar hujum uyushtirdi.Terrorchilardan birida xudkush-kamari bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Shuningdek politsiya bir nafar terrorchini yo‘q qilgan. 

Ayni damda Avstriya poytaxtida keng ko‘lamli politsiya operatsiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Politsiya voqea joyida olingan videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslikka chaqirmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0