01:07 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Hodisalar
Havola olish
33011

Ishchilar keltirib chiqargan tartibsizliklar korxonaning umumiy hisobda 480 million soʻmlik mol-mulkiga shikast yetkazgan.

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Qashqadaryodagi GTL zavodida sodir boʻlgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, zavodda tartibsizlik uyushtirganlarga nisbatan viloyat Oʻzbekiston JKning 173-moddasi 2-qismi “v” bandi (koʻp miqdordagi mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) va 277-moddasi 2-qismi “b”, “v”, “e” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan; sovuq qurol yoki kishining sogʻligʻi uchun amalda shikast yetkazishi mumkin boʻlgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qoʻllash bilan qoʻrqitib yoxud qoʻllab; koʻp miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Xabarda yozilishicha, tartibsizliklar paytida ishchilar eshik va deraza romlarining oynalarini tosh va temir jismlar bilan urib sindirgan. Ularni yaroqsiz holatga keltirgan. Xodimlarning xizmat xonalariga kirib 19 turdagi 14 million 320 ming soʻmlik kuzatuv kameralari, 9 dona har xil turdagi 4 million 365 ming soʻmlik yozuv stollari, 27 million 777 ming soʻmlik konditsionerga, korxonaning umumiy hisobda 480 million soʻmlik mol-mulkiga shikast yetkazgan.

Korxonaning videokuzatuv kameralaridagi videolar koʻzdan kechirilib, ishga aloqador boʻlgan ishchilar jinoyat ishi doirasida guvoh tariqasida soʻroq qilingan.

Eslatib oʻtamiz, 21 oktyabr kuni “Enter Engineering” kompaniyasining viloyatning Gʻuzor tumanidagi obʼyektlaridan biridagi ishchilar tartibsizlik uyushtirgani xabar qilingan edi. Bunga ishchilar noroziligiga nonushta oʻz vaqtida berilmagani va ish tartibi sabab boʻlgani maʼlum qilindi. Keyinroq Energetika vazirligi Uzbekistan GTL’dagi vaziyat barqarorlashganini, barcha muammo va masalalar joyida ijobiy hal etilgani haqida bayonot berdi.

Asosiy mavzular