14:39 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
218 0 0

25 yoshli xodim yuvish uchun qoldirilgan mijozning “Gentra” avtomashinasini olib qochdi. Uni ushlash uchun mashina oynasi sindirishga toʻgʻri keldi.

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Samarqandda avtomashina yuvish shoxobchasi xodimi mijozning avtomobilini olib qochdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.

30 oktyabr kuni soat 17:30 da 21 yoshli D.E. Samarqand shahar Kimyogarlar qoʻrgʻoni Sayqal koʻchasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasiga kelib, oʻzining “Gentra” avtomashinasini yuvdirish uchun 25 yoshli xodim SH.A.ga qoldirgan.

Bundan foydalangan SH.A. avtomashinani oʻt oldirib, uni nomaʼlum tomonga olib qochib ketgan.

U mashinani boshqarib ketayotgan vaqtida aniqlanib, majburiy tartibda toʻxtatilgan. Shunga qaramasdan SH.A. IIO FMB xodimlariga faol qarshilik koʻrsatgan. Natijada uni ushlash maqsadida avtomashina eshigi oynasi sindirilgan.

Mazkur holat yuzasidan SH.A.ga nisbatan Oʻzbekiston JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

SH.A. ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. U 10 yilgacha qamalishi mumkin. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda avtomashina yuvish shoxobchasiga ishga kirmoqchi boʻlganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish kuchaytirilishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular