14:58 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
472 0 0

Maʼlum boʻlishicha, ikki nafar qizlar singlisini ranjitgani uchun uchinchi qizni “samosud” qilishgan. Qizlarning ikki nafariga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi 3 nafar turmushga chiqmagan qizning oʻzaro janjali aks etgan video yuzasidan izoh berildi.

“Xalq soʻzi” nashri xabariga koʻra, jamoat joyida karantin qoidalariga amal qilmagan ikki nafar qizlar singlisini ranjitgani uchun uchinchi qizni “samosud” qilishgan.

Fargʻona viloyati IIB axborot xizmati rahbari Ismoil Sharipovning aytishicha, mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish uchun Rishton tumani maʼmuriy sudiga taqdim etilgan.

Rishton tumani maʼmuriy sudining 23 oktyabrdagi hukmiga koʻra, qizlarning ikki nafariga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi, 1 nafar qizga esa bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima qoʻllanilgan.

Asosiy mavzular