07:43 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
283 0 0

Janjal vaqtida “Jomboy don mahsulotlari” AJ yuk haydovchisi qora rangli “Traiblazer” mashinasini olib qochishga urindi. Hozir u hibsga olingan.

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Samarqandda Traiblazer” rusumli xizmat avtomobilini oʻgʻirlashga uringan fuqaro ustidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, “Jomboy don mahsulotlari” AJ direktori Q.SH. IIBga korxona haydovchisi A.B. qora rangli “Traiblazer” mashinasini olib qochishga uringani toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan.

A.B. ishchilar tortishuvi vaqtida “Traiblazer”ning eshigi ochiqligi va kaliti oʻzida turganligidan foydalanib, avtomashinani olib qochmoqchi boʻlgan.

Ammo qoʻriqchilar chiqish darvozalarini berkitib qoʻyilganligi sababli avtomobilni olib qocha olmay, boshqaruvni yoʻqotgan. Keyiin korxonaning taʼmirlash ishlari olib borilayotgan qismiga toʻqnashib, avtomashinaga shikast yetkazadi va voqea joyidan qochib ketadi. 

Taʼkidlanishicha, AJ direktori Q.SH. janjalni ajratishda ishtirok etib, yengil tan jarohati olgan.

Mazkur holat boʻyicha A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Asosiy mavzular