15:18 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Hodisalar
Havola olish
467 0 0

Yigʻmatilla Yoʻldoshev “Ark Buloq” bojxona postining sobiq rahbarining uyida tintuv oʻtkazilganda 311 ming dollar naqd pul topilgani, u jinoiy faoliyatdan olingan daromadlardan foydalanib, “Tashkent City” da ikkita uy sotib olganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Oʻzbekiston bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev soʻnggi ikki yil ichida respublikada huquqni muhofaza qilish idoralarining 318 xodimi jinoiy javobgarlikka tortilganini maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, “Ark buloq” bojxona posti boshligʻi J. boshchiligidagi bir guruh bojxona xodimlari pora evaziga turli subʼyektlar tomonidan import qilingan tovarlar qiymatini pasaytirib koʻrsatib, davlat manfaatlariga qariyb 9 milliard soʻm zarar yetkazgan.

Tergov jarayonida J.ning uyida oʻtkazilgan tintuvda pora sifatida olingan 311 ming dollar naqd pullar topilgan.

Bundan tashqari, jinoiy yoʻl bilan topilgan pullar evaziga Boʻstonliq tumanida 8 sotixli dala hovli qurganligi, “Tashkent City” majmuasidan 2 ta xonadon va 1 ta noturar joy hamda “Captiva” avtomashinasini sotib olganligi aniqlangan.

Bosh prokuror hozirda J. va uning sheriklari sud oldida javob berayotganini qoʻshimcha qildi.

Asosiy mavzular