16:27 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
116 0 0

Samara shahridagi shaxsiy uy yonib ketishi oqibatida Oʻzbekiston fuqarosi jarohat oldi. Toʻrt kishi esa qurbon boʻldi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiyaning Samara viloyati, Samara shahridagi shaxsiy uy yonib ketishi oqibatida Oʻzbekiston fuqarosi jarohat oldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, yongʻin natijasida 5 nafar odam jarohat olgan, 4 kishi vafot etgan. “Jarohatlanganlardan biri Oʻzbekiston fuqarosi A.X. N.I.Pirogov nomli 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Tashxis — is gazidan zaharlanish, boshning yumshoq toʻqimalari lat yeyishi”, - deyilgan xabarda.

Vafot etganlarning shaxsi aniqlanmoqda. Rossiya huquqni muhofaza qilish idoralari tergov harakatlarini olib bormoqda. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olganligi hamda vakolatli organlar va tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada boʻlib turganligini maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samaradagi yongʻinda 4 nafar mehnat migranti qurbon boʻlgani xabar qilingan edi. Dastlabki xulosalarga koʻra, yotoqxona noqonuniy faoliyat yuritgan va uning qurilishida yongʻin xavfsizligiga amal qilinmagan. Yongʻin sabablaridan biri - qisqa tutashuv boʻlishi mumkin, chunki oʻt oʻchiruvchilar u yerda xavfsizlik qoidalariga zid ulangan elektr simlarini topishgan.

Asosiy mavzular