Yirik avariya: Navoiyda 11ta mashina to‘qnashuvi yuz berdi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Man" rusumli yuk avtomashinasida ortilgan yuki bilan keskin tormozlanib, “Lasetti”ni urib o‘tgan va sirpanishda davom etib tirkamasi bilan yo‘l chetida to‘xtab turgan: "UAZ", "Man", uchta "Neksiya", "Kobalt", "Matiz", "Mercedes-Benz" mashinalarini birin-ketin urgan

TOShKENT, 10 noya - Sputnik. Navoiy viloyati Konimex tumanida 11ta avtomobil ishtirokida avariya yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston IIV YHXBB axborot xizmati.

DTP na trasse Samarkand - Karshi - Sputnik O‘zbekiston
"Samarqand - Qarshi" yo‘lidagi yirik avariya tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Hodisa 8-noyabr kuni kech soat 18:30 larda Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 110-kilometrida sodir bo‘lgan.

24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi "HOWO SINOTRUK" rusumli yuk avtomashinasida, yomg‘irli havoda, sirpanchiq yo‘lda harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan yo‘ldan o‘ng tomonga chiqib ketib ag‘darilgan.

Hodisani ko‘rgan boshqa haydovchilar yo‘l chetiga transport vositasida to‘xtagan.

Ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelgan A.S. boshqaruvidagi "Lasetti" sekinlagan vaqtida, ortidan kelayotgan S.J. o‘z boshqaruvidagi "Man" rusumli yuk avtomashinasida ortilgan yuki bilan keskin tormozlanib, "Lasetti"ni urib o‘tgan va sirpanishda davom etib tirkamasi bilan yo‘l chetida to‘xtab turgan: "UAZ", "Man", uchta "Neksiya", "Kobalt", "Matiz", "Mercedes-Benz" rusumli transport vositalarini birin-ketin urib o‘tgan. 

Spetsialist ekspertno-kriminalisticheskogo sentra issleduyet marixuanu - Sputnik O‘zbekiston
Haydovchi YTH sodir etdi va GAI ko‘z o‘ngida gugurt qutidagi marixuanani yutishga urindi

To‘qnashuv natijasida vafot etganlar yo‘q.

Zarafshon shahar 3-sonli TSQ tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu YTH sabab 10 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 11 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan murojaat qilgan.

Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shu kuni yashash uylariga javob berilgan. Konimex tumani Tibbiyot birlashmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 8-noyabr kuni yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq tan jarohati olgan fuqarolardan murojaat kelib tushmagan. 

Mazkur to‘qnashuv yuzasidan Konimex tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0