14:32 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
195 0 0

Boyovut tumanida turmush qurganiga hali bir oy ham boʻlmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Sirdaryoning Boyovut tumanida turmush qurganiga hali bir oy ham boʻlmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Boyovut tumani Ichki ishlar boʻlimi navbatchilik qismining 6 noyabr kuni soat 13:35 larda bergan xabariga koʻra, tumanning “Qaropchi” mahallasida yashovchi 25 yoshli SH.M. hamda uning 21 yoshli turmush oʻrtogʻi D.M. qoʻlbola usulda yasalgan pechdan chiqqan is gazidan kuchli zaharlanib, uyida vafot etgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga koʻra, er-xotinning oʻlimi is gazidan zaharlanish oqibatida kelib chiqqan.

Holat yuzasidan Boyovut tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Teglar:
Boyovut tumani, Sirdaryo viloyati, zaharlanish, is gazi

Asosiy mavzular