14:33 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
287 0 0

Uch fuqaro oʻch olish maqsadida boshqa bir fuqaroni shafqatsizlarcha doʻpposladi. Natijada jabrlanuvchining barmogʻi sindi va ikkita tishi sinib tushdi.

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida fuqaroni oʻlasi qilib kaltaklagan uch kishi qoʻlga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Hodisa 10 noyabr kuni sodir boʻlgan. 25 yoshli S.T., 26 yoshli SH.M. va 19 yoshli B.R.lar “Shodlik” MFY hududida joylashgan “GRILL BAR” kafesiga kelishgan. U yerda kafe ofitsianti 23 yoshli J.X.ni oʻrtalarida oʻzaro oldindan boʻlib oʻtgan kelishmovchilik sabab shafqatsizlarcha doʻpposlab, tan jarohati yetkazishgan. Ular hatto yogʻoch jismdan foydalanishgan. Ular fuqaroni kaltaklab, hodisa joyidan yashiringan.

V Sыrdarinskoy oblasti parni jestko izbili ofitsianta v kafe - foto
MVD Uzbekistana
V Sыrdarinskoy oblasti parni jestko izbili ofitsianta v kafe - foto

Natijada fuqaro J.X. oʻng qoʻl kichik barmogʻi yopiq sinishi, yuqori chap tomon ikkita tishlarining sinib tushishi, tanasining koʻplab shilingan jarohatlari bilan kasalxonaga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.  S.T., SH.M. va B.R.lar ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Asosiy mavzular