01:31 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Hodisalar
Havola olish
346 0 0

Choyxonada ishlayotgan turmush oʻrtogʻini qarindoshi bilan xiyonat qilishda gumon qilgan er qarindoshini bir necha marta pichoqladi.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida fuqaroga pichoq bilan ogʻir tan jarohati yetkazgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Hodisa Xalqobod qishlogʻidagi choyxona oldida “Labo” avtomashinasi ichida sodir boʻlgan. 34 yoshli B.D. qarindoshi 41 yoshli SH.A.ga tegishli choyxonaga borib, shu choyxonada idish yuvuvchi boʻlib ishlayotgan oʻzining turmush oʻrtogʻi 31 yoshli E.T. va uning ishqiy munosabatlariga aniqlik kiritmoqchi boʻlgan. Bu oʻzaro janjal va haqorat qilishga aylanib ketgan. Keyin fuqaro avtomashina old oynasi tagida turgan oshxona pichogʻi bilan SH.A.ning tanasining turli joylariga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Shundan soʻng jabrlanuvchi SH.A.  “Labo” mashinasi bilan tuman markaziy shifoxonasiga borib murojaat qilgan.

Gumon qilinuvchi B.D. Gʻuzor tumani hududida ushlangan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Asosiy mavzular