16:42 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Hodisalar
Havola olish
613 0 0

Qiz unga turmushga chiqmasligi haqida aytgach, 27 may kuni mashʼuqasidan oʻch olish payida qizning Fargʻonadagi xonadoniga boradi va eshik ochiqligidan foydalanib, uyga kirib oladi.

TOSHKENT, 21 noya - Sputnik. Andijonlik yigit sevgilisi tomonidan rad etilgach qotillikka qoʻl urdi va oqibatda 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar bermoqda mahalliy "Sevimli" telekanali.

Xabarda aytilishicha, andijonlik yigit Muhammadjonov Instagram orqali fargʻonalik qiz - Pirmatova bilan tanishib, uni yoqtirib qoladi. Bir necha bor uchrashgach, qizga uylanmoqchi ekanligini aytadi.

Qiz unga turmushga chiqmasligi haqida aytgach, 27 may kuni mashʼuqasidan oʻch olish payida qizning Fargʻonadagi xonadoniga boradi va eshik ochiqligidan foydalanib, uyga kirib oladi.

Shundan soʻng qizning uyda boʻlgan yangasining qorniga oʻzi bilan olib kelgan pichoqni suqadi va ayolga ogʻir shikast yetkazadi. Shundan soʻng qizga telefon qiladi. Shu orada yanganing ikki oylik chaqalogʻini yigʻidan toʻxtata olmay, yostiq bilan dimiqtirib oʻldiradi.

Qiz xonadoniga yetib kelgach, unga ham bir necha bor pichoq uradi. Xonadondagi shovqinni eshitgan qoʻshni eshikni taqillatib, militsiyaga qoʻngʻiroq qilishini aytgach, qoʻrqib ketgan qotil voqea joyini tark etadi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyati sudining hukmi bilan yigit Jinoyat kodeksining 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 
Sharhlar

Asosiy mavzular