10:13 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Hodisalar
Havola olish
201 0 0

Qibray tumani, Guliston-3 koʻchasi, 15-uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻldi. Chaqnash oqibatida uyning bir qismi qulab tushdi.

TOSHKENT, 23 noya — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Qibrayda gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok boʻlganligi haqida xabar berilgan.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi oʻtkazgan tergovga qadar tekshirishda gaz chaqnashi yuz bergan uy yonida oʻrnatilgan yuqori bosimli gaz taqsimlash moslamasi (GTM)ga ulangan va yerostidan oʻtkazilgan polietilen gaz quvurining montaj ishlari oʻta sifatsiz amalga oshirilganligi aniqlangan.

Buning oqibatida uyga yaqin oraliqdagi yer ostidagi polietilen gaz quvurining ulanish qismida yoriq yuzaga kelib, undan tabiiy gaz sizib chiqib, xonadon yertoʻlasida toʻplangani va oʻz navbatida gaz chaqnashi sodir boʻlgan.

Holat yuzasidan 2020 yil 23 noyabr kuni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 258-moddasi (Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular