03:25 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Hodisalar
Havola olish
171830

Xorazm shevasida soʻzlayotgan bir guruh ayollar tomonidan boshqa bir ayol kishini qizlik iffati yoʻqligini roʻkach qilib yechintirib uyali telefoni orqali olgan videotasvir tarqaldi.

TOSHKENT, 23 noya — Sputnik. Xorazmda ayol kishini yechintirib, videoga olganlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar qildi viloyat IIB axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 22 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm shevasida soʻzlayotgan bir guruh ayollar tomonidan boshqa bir ayol kishini qizlik iffati yoʻqligini roʻkach qilib yechintirib uyali telefoni orqali olgan videotasvir tarqaldi.

Ushbu videolavhadagi holat qachon, qayerda sodir boʻlganligi va jarayon ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borildi.

Olib borilgan surushtiruv jarayonida mazkur holat joriy yil 7 oktyabr kuni Urganch shahrida sodir boʻlganligi maʼlum boʻldi.

Jarayon ishtirokchilarining shaxsi toʻliq aniqlangan boʻlib, tergov manfaatlari va jabrlanuvchining shaxsiy hayot daxlsizligini taʼminlash maqsadida ishtirokchilarning ism-shariflari oshkor etilmaydi.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular