11:55 18 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Hodisalar
Havola olish
552 0 0

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, uddaburro dollarfurush ushlangan. U 22 yoshli Shavkat ismli yigit boʻlib, u bu ishni shaxsini aniqlash imkoni boʻlmagan "Islom" va "Elyor" ismli hamtovoqlari bilan oldindan til biriktirgan holda amalga oshirgani aniqlangan

TOSHKENT, 25 noya - Sputnik. Fargʻonalik oʻsmir dollarni bank muassasasida almashtirmaslik oqibatida talonchilar hujumiga uchradi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Xabarda aytilishicha, hodisa 19 noyabr kuni kunduzi roʻy bergan.

17 yoshli Jaloliddin nomaʼlum shaxslarga - dollarfurushlarga 300 AQSH dollarini soʻmga almashtirib berish iltimosi bilan murojaat qilgan. Dollarfurushlar yigitchaning qoʻliga 150 ming soʻm pul berib, undan 300 AQSH dollarini olib, qolgan pullarni avtomashinadan olib berishini aytishgan va "Spark" avtomashinasiga oʻtirib, qochib ketishgan.  

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, uddaburro dollarfurush ushlangan. Maʼlum boʻlishicha, u 22 yoshli Shavkat ismli yigit boʻlib, tergovga qadar tekshiruv jarayonida bu ishni shaxsini aniqlash imkoni boʻlmagan "Islom" va "Elyor" ismli hamtovoqlari bilan oldindan til biriktirgan holda amalga oshirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Shavkat M., hamda boshqa nomaʼlum shaxslarga nisbatan Qoʻqon shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi  "v" bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Shavkat M., gumon qilinuvchi tariqasida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha Shavkatjon M., ning jinoiy sheriklarini shaxsini aniqlash maqsadida, tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.

 

 

 

Asosiy mavzular