22:47 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Hodisalar
Havola olish
167 0 0

17T-sonli yoʻnalishda harakatlanayotgan avtobus Uchtepa tumani, 201-uy qarshisida turgan sim yogʻochga kelib urilgan.

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Bugun, 25 noyabr kuni ertalab soat 07:40 atrofida 17T-sonli yoʻnalishda harakatlanayotgan, 18-Avtobus saroyiga qarashli boʻlgan davlat raqami 01 467 UAA boʻlgan, "ISUZU" rusumli avtobus Beshqayragʻoch koʻchasi boʻylab, Kichik halqa yoʻli tomon boshqarib ketish chogʻida, Uchtepa tumani, 201-uy qarshisida turgan sim yogʻochga kelib urilgan.

Natijada haydovchi va 4 nafar yoʻlovchi tan jarohati olgan, shundan soʻng darhol barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilib, tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

"Toshshahartransxizmat" AJ Yoʻlovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi tomonidan xizmat surishtiruv ishlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular