13:59 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Hodisalar
Havola olish
350 0 0

Chechenistonda 1999 yilda Rossiya harbiylarini oʻldirishda ishtirok etgan - Shamil Basayev va Hattob guruhining ikki nafar sobiq aʼzosi qoʻlga olindi

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Chechenistonda 1999 yilda Rossiya harbiylarini oʻldirishda ishtirok etgan -  Shamil Basayev va Hattob guruhining ikki nafar sobiq aʼzosi qoʻlga olindi, deb xabar qildi FXX.

"1999 yil 4 oktyabrda Shamil Basayev va Hattobning jinoiy guruhi tarkibida boʻlgan, Checheniston Respublikasi Shelkovskiy viloyati “Chervlennaya” stantsiyasi yaqinida Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari bilan jangda qatnashgan chechenistonlik Idalov Aslanbek va Idalov Salambek hibsga olindi"- deyilgan xabarda.

Bu jang paytida 15 nafar Rossiya askari halok boʻldi, 28 nafari yaralandi. Qurolli toʻqnashuvning boshqa ishtirokchilari qidirish davom etmoqda.

Jinoiy ish "Banditizm", "Qurolli isyon" va "Huquqni muhofaza qilish organlari xodimining hayotiga tajovuz qilish" moddalari boʻyicha tergov qilinmoqda.

Teglar:
terrorchilik uyushmasi, FXX

Asosiy mavzular