23:43 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Hodisalar
Havola olish
275 0 0

Mojarodan soʻng, erkak ayolning ahvolini koʻrib, unga tibbiy yordam chaqirgan, ammo ojiza hodisa joyida vafot etgan

TOSHKENT, 1 dek - Sputnik. Samarqand viloyati Narpay tumanida 33 yoshli erkak tanish ayolini bogʻda urib oʻldirdi. Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Hodisa 27 noyabr kuni kechasi Narpay tumanidagi mahallalarning birida yuz bergan.

Oʻlmas qishlogʻida yashovchi fuqaro - 33 yoshli Jahonbek 7 nafar tanishlari bilan birgalikda kafelardan birida ovqatlanib oʻtirganida, spirtli ichimlik isteʼmol qilgach, tanishi 34 yoshli Gulmira bilan oʻrtalarida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Mojaro vaqtida erkak ayolni shu atrofdagi bogʻning ichiga olib borib, tanasining turli qismlariga qoʻli va oyoqlari bilan urib, tepib tan jarohati yetkazgan.

Shundan soʻng erkak ayolning ahvolini koʻrib, unga tibbiy yordam koʻrsatish va uning hayotini saqlab qolish maqsadida "Tez yordam" chaqirgan.

Biroq, Gulmira olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.   

Hodisa joyini koʻzdan kechirish davomida marhuma Gulmira T.,ning egnidagi kiyimlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Narpay tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan fuqaro Jaxongir D.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish maqsadida odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi boʻyicha Jaxongir D., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

 

Asosiy mavzular