22:44 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Hodisalar
Havola olish
97 0 0

37 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi A.M. qurilish obʼyektining ikkinchi qavatidan yiqilib tushishi oqibatida hayotdan koʻz yumdi.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Tatariston poytaxti Qozonda oʻzbekistonlik fojiali vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasining maʼlumotiga koʻra, 27 noyabr kuni 37 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi A.M. qurilish obʼyektining ikkinchi qavatidan yiqilib tushgan. Buning natijasida vafot etgan.

Taʼkidlanishicha, Bosh konsulxona vaziyatni oʻz nazoratiga olgan. Fuqaroning jasadini vatanga yuborish bilan bogʻliq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam koʻrsatmoqda.

Teglar:
baxtsiz hodisa, qurilish, Qozon

Asosiy mavzular