17:42 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Hodisalar
Havola olish
223 0 0

OʻFA hakamlarning faoliyati, ikkala jamoa futbolchilari va murabbiylarning hamda tomoshabinlarning xatti-harakati sinchkovlik bilan oʻrganib chiqmoqda.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi Fargʻonada “Neftchi” va “Turon” uchrashuvidan keyin roʻy bergan janjal yuzasidan bayonot berdi.

Avvalroq Fargʻona shahrida Pro liganing 20-turidan oʻrin olgan “Neftchi” (Fargʻona) – “Turon” (Yaypan) uchrashuvi yakunida hakamlarga nisbatan qoʻpol va tajovuzkor munosabatda boʻlib, ularga tan jarohati yetkazilgani xabar qilingan edi.

Taʼkidlanishicha, mazkur holat boʻyicha OʻFA mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzilgan va Fargʻonaga yetib borgan.

U yerda IIV hamda “Neftchi” – “Turon” uchrashuvining tashkiliy ishlariga masʼul barcha tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur uchrashuv yakunida yuzaga kelgan mojaro boʻyicha surishtiruv ishlari boshlangan.

“Bunda hakamlarning faoliyati, ikkala jamoa futbolchilari va murabbiylarning hamda tomoshabinlarning xatti-harakati sinchkovlik bilan oʻrganib chiqilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Xabarda yaqin vaqt ichida surishtiruv ishlari yakuniga koʻra qoʻshimcha maʼlumot berilishi taʼkidlangan.

Eslatib oʻtamiz, Fargʻonadagi futbolda roʻy bergan janjaldan soʻng olti kishiga qarshi jinoyat ishi ochilib, ular ushlangan edi. Bundan tashqari ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda ishtirok etgan 5 nafar shaxslarning harakatlarida huquqbuzarlik aniqlangan. Ular maʼmuriy tartibda ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Teglar:
OʻFA, tartibsizlik, futbol, Fargʻona

Asosiy mavzular