18:18 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Hodisalar
Havola olish
271 0 0

Toʻrtkoʻl tumanida oʻgʻrilikka ushgan uyda 79 yoshli ayol va uning nabirasini pichoqlab oʻldirganlikda gumonlanayotgan shaxs qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanida ayol kishi va uning yosh nabirasi oʻldirib ketilgani haqidagi xabar yuzasidan maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi ochgan.

Oʻtkazilgan tergov harakatlari davomida ishsiz 29 yoshli J.S. 29 noyabr kuni oʻgʻirlik qilish maqsadida kirgan xonadonda yashayotgan 79 yoshli ayol va uning nabirasini oshxona pichogʻi bilan qasddan oʻldirib, pul va 2 dona uyali telefon apparatini olib ketgani aniqlangan.

Tergovda fuqaro J.S. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Unga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Teglar:
qamoq, oʻgʻrilik, jinoyat, qotillik, Toʻrtkoʻl tumani, Qoraqalpogʻiston

Asosiy mavzular