09:27 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Hodisalar
Havola olish
162 0 0

Hakamni tepgan futbolchi 10 yilga chetlatildi. “Neftchi” klubi 100 mln soʻm jarimaga tortildi. “Istiqlol” stadioni maʼmuriyatiga chora koʻrish boʻyicha Fargʻona viloyati IIBga taqdimnoma yuborildi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) Pro-Liga soʻnggi tur doirasida oʻtgan “Neftchi” — “Turon” uchrashuvidan keyin sodir boʻlgan holatlar boʻyicha tartib-intizom qoʻmitasi qarorlarini eʼlon qildi.

OʻFA tartib-intizom qoʻmitasi yuzaga kelgan hodisani atroflicha muhokama etgan hamda tegishli qarorlar qabul qilgan.

OʻFA Intizom kodeksining tegishli moddalariga asosan qoʻllanilgan choralar:

  • “Neftchi” klubi futbolchisi J.Toʻraqulov uchrashuv bosh hakami SH.Nasibullayevga qasddan tan jarohati yetkazgani uchun unga 10 yil muddatga futbol bilan bogʻliq har qanday faoliyat bilan shugʻullanishdan chetlatish intizom chorasi qoʻllandi;
  • “Neftchi” klubi futbolchilari SH.B. Abduraimov, S.M.Zokirov va J.Q.Qobulov uchrashuv bosh hakamiga hujum qilganligi uchun ularning har biri 1 yil muddatga futboldan chetlatildi va 15 million soʻmdan jarimaga tortildi;
  • “Neftchi” klubi futbolchisi D.F.Toshmatov uchrashuv yordamchi hakami D.Saylavovga nisbatan tajovuzkor harakat qilganligi uchun 10 ta rasmiy uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi;
  • Uchrashuv yakunlangandan soʻng muxlislar futbol maydonida va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqargani, “Neftchi” futbol klubi masʼullari jamoat tartibini saqlash bilan bogʻliq yetarlicha choralar koʻrilishini taʼminlamagani uchun klubga nisbatan 3 ta uy uchrashuvini muxlislarsiz oʻtkazish va 100 million soʻm miqdorida jarima intizom chorasi qoʻllandi;

Shuningdek, uchrashuvdan soʻng stadionga tashrif buyurgan tomoshabinlar tomonidan futbol maydonida va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqarilishi holatini muhokama qilish hamda “Istiqlol” stadioni maʼmuriyatiga chora koʻrish boʻyicha Fargʻona viloyati IIBga taqdimnoma yuborildi.

OʻFA Fargʻonadagi janjalli oʻyin yuzasidan bayonot berdi

Eslatib oʻtamiz, Fargʻonadagi futbolda roʻy bergan janjaldan soʻng olti kishiga qarshi jinoyat ishi ochilib, ular ushlangan edi. Bundan tashqari ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda ishtirok etgan 5 nafar shaxslarning harakatlarida huquqbuzarlik aniqlangan. Ular maʼmuriy tartibda ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Asosiy mavzular