11:20 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Hodisalar
Havola olish
134 0 0

Qoraqalpogʻistonda uyni isitish uchun oʻrnatilgan pechdan chiqqan is gazidan olti kishi vafot etdi. Ular orasida 11 va 7 yoshli bolalar bor.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Qoraqalpogʻistonda bir kechada oilaning 4 nafar aʼzosi va 2 nafar mehmon iz gazidan zaharlanib halok boʻldi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi xabariga koʻra, joriy yil 9 dekabr kuni soat 17:00larda Xoʻjayli tumani IIBga bu boradagi maʼlumot kelib tushgan.

Maʼlum boʻlishicha, Xoʻjayli tumani “Samankol” ovul fuqarolar yigʻinidagi xonadonlarning birida yashovchi G.YU. va A.R. hamda ularning 11 va 7 yoshli farzandlari X.E. va X.A.lar, shuningdek, ushbu xonadonga mehmon boʻlib kelgan fuqarolar – K.A. va X.A.lar uyni isitish uchun oʻrnatilgan pechdan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.  

Hozirda ushbu holat yuzasidan Xoʻjayli tumani prokuraturasi tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. 

Tergov harakatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Fuqarolardan bunday koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida gaz va isitish uskunalaridan foydalanilganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish soʻralgan.

Teglar:
Xoʻjayli tumani, is gazi, Qoraqalpogʻiston

Asosiy mavzular