23:34 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Hodisalar
Havola olish
345 0 0

Fargʻonada oʻz xonadonida qalbaki pul ishlab chiqarayotgan shaxsning faoliyatiga chek qoʻyildi. Xonadonda “Epson” rusumli rangli printer hamda “Lenovo” rusumli noutbuk ashyoviy dalil sifatida olingan.

TOSHKENT, 11 dek — Sputnik. Fargʻonada oʻz xonadonida qalbaki pul ishlab chiqarayotgan shaxsning faoliyatiga chek qoʻyildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Fargʻona viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.D.ning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda u qalbaki pul tayyorlash bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, 100 kupyuradagi AQSH dollarlari, 10 ming va 50 ming soʻmlik kupyuradagi qalbaki pullar, 137 dona turli kupyuralar chop etilgan A-4 formatdagi qirqilmagan qogʻozlar, “Epson” rusumli rangli printer hamda “Lenovo” rusumli noutbuk ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular