TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. "Tashkent city" majmuasi tarkibida qurilayotgan bank binosi yonidagi qurilish materiallari saqlandigan omborda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda FVV matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, yongʻin quruvchilar ehtiyotsizligi tufayli sodir boʻlgan. Tez yonuvchi izolyatsiya materiallaridan oʻt chiqqan.
"Soat 15.15 da yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining tezkor harakatlari natijasida yongʻin toʻliq bartaraf etildi. Yon-atrofdagi binolarga zarar yetmadi. Halok boʻlgan yoki tan jarohati olganlar yoʻq. Vaziyat yuzasidan toʻliq axborot qoʻshimcha beriladi", - deyiladi FVV bayonotida.