10:49 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Hodisalar
Havola olish
419 0 0

Yunusobod tumani, Gisar koʻchasida shaxsi nomaʼlum yoshi taxminan 35-40 lardagi osiyo millatiga mansub ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani Shahriston bekati oldida odam oʻldirib ketilganligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Aniqlanishicha, 2020 yil 12 dekabr kuni Yunusobod tumani, Gisar koʻchasida shaxsi nomaʼlum yoshi taxminan 35-40 lardagi osiyo millatiga mansub ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular