11:29 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Hodisalar
Havola olish
339 0 0

Internet tarmogʻida fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasidagi kelishmovchilik aks etgan video tarqaldi.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanida organ xodimlari va fuqarolar oʻrtasidagi janjal aks etgan video yuzasidan maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, 13 dekabr kuni taxminan soat 15.00 da Yunusobod tumani IIO FMB 5-son ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektorlari podpolkovnik SH.A. va kapitan D. M. “Universam” savdo kompleksi yaqinidagi yer osti yoʻlagida noqonuniy savdo bilan shugʻullanuvchi va bu bilan boshqa fuqarolar uchun noqulayliklar tugʻdiruvchi shaxslarga nisbatan chora koʻrish toʻgʻrisidagi koʻplab murojaatlardan soʻng voqea joyiga yetib kelib, yer osti yoʻlagida savdo mollarini terib qoʻygan ayol, erkak va yigitni koʻrgan. Ular noqonuniy savdoni toʻxtatib, savdo mollarini yigʻishtirish va yoʻlakni fuqarolar uchun boʻshatishdan bosh tortishgan.

Savdo qoidalarini buzish uchun qonun bilan belgilangan javobgarlik toʻgʻrisidagi ogohlantirishlarga ayol va erkak qoʻpol tarzda javob berib, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini aytgan. Bundan tashqari, ular janjal koʻtarib atrofdagilarning eʼtiborini tortishgan. Ularning oʻgʻli esa xizmat burchlarini ado etayotgan ichki ishlar organlari xodimlari bilan mushtlashmoqchi boʻlgan.

Voqea joyiga patrul-post xizmati xodimlari yetib kelishganda ham yigit huquqbuzarlikni bas qilmasdan PPX xodimining yuziga urgan. Shu sababli xodimlar yigitning qoʻllariga kishan solishga majbur boʻlishgan. Ularning shaxsini aniqlash va keyingi surishtiruvlar uchun IIBga olib ketilgan.

Huquqbuzarlar navoiylik 43 yoshli A. va 42 yoshli X.T. va ularning oʻgʻli 19 yoshli A.X. ekanligi aniqlandi.

Hodisa yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular