TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Joriy yilning 13 dekabr kuni soat 19:00dan 14 dekabr kuni soat 9:00ga jami 13 ta turli rusumdagi avtomobillar yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda FVV xabar qilmoqda.
A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 258-, 259- va 265-km hududlarida muzlamalar YTHga sabab boʻlgan.

Voqea joyiga FVV “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilot xodimlari zudlik bilan yetib borib, YTH oqibatlarini bartaraf etgan.
Yuzaga kelgan vaziyatlar oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
YHXBB tuman sabab haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi
Vazirlik YTH bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini koʻrish va hushyorlikni yoʻqotmaslikni soʻragan.