19:05 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Hodisalar
Havola olish
439 0 0

Hujralarda oʻqigan 30dan ortiq bolalar kaltaklanib, muntazam ravishda och qoldirish orqali jazolangan. Hozirda mazkur hujralarni tashkil qilganlarga nisbatan qonuniy chora koʻrish masalasi koʻrilmoqda.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Toshkentda noqonuniy diniy hujralar faoliyat yuritganligi aniqlandi. Hujralarda oʻqigan 30dan ortiq bolalar kaltaklanib, muntazam ravishda och qoldirish orqali jazolangan. Bu haqda “Yoshlar” telekanali reportajida maʼlum qilindi.

Huquq-tartibot idoralarining Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirida 3 nafar mahalliy fuqaro oʻz xonadonlarida hujralar tashkil etib, yosh bolalarga diniy saboq berayotganligi aniqlandi.

Hujralar tashkil etilgan xonadonlar koʻzdan kechirilganida, yogʻoch kaltak, pichoq, pnevmatik qurol topildi. Shuningdek, hujralar egalarining qoʻl telefonlarida diniy ekstremistik oqimlar va terrorchi tashkilotlarning gʻoyaviy rahbarlarining jihodga chorlovchi audio, videomateriallari borligi aniqlandi.

Hujralarning birida 17 nafar, ikkinchisida 11 nafar, uchinchisida esa 4 nafar voyaga yetmagan bola diniy saboq olayotgani maʼlum boʻldi.

Noqonuniy oʻqitish vaqtida bolalar kaltaklanib, muntazam ravishda och qoldirish orqali jazolangan. Kaltaklanish oqibatida bir bolaning tili orqaga ketib qolish holati kuzatilgan.

Hozirda mazkur hujralarni tashkil qilganlarga nisbatan qonuniy chora koʻrish masalasi koʻrilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq yoshlarni Suriyadagi terrorchilar safiga qoʻshish uchun joʻnatib kelayotgan 24 yoshli samarqandlik qoʻlga olingani xabar qilingani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular