07:56 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Hodisalar
Havola olish
41101

Namangan shahrida “MAN” yuk mashinasi va “Neksiya” toʻqnashib ketdi. YTH oqibatida olti kishi, jumladan, uch bola qurbon boʻldi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Namangan viloyati Namangan shahrida “MAN” yuk mashinasi va “Neksiya” ishtirokida ayanchli yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi.

Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga koʻra, YTH 16 dekabr kuni soat 16:30larda shahardagi I.Karimov-Istiqlol koʻchalari kesishgan "Fazo" chorrahasida sodir boʻlgan. “MAN” yuk mashinasi haydovchisi A.A. harakatlanayotib chorrahadan N.M. boshqaruvidagi “Neksiya” bilan toʻqnashgan.

Strashnoye DTP v Namangane uneslo jizni 6-ti chelovek, vklyuchaya troix detey
Strashnoye DTP v Namangane uneslo jizni 6-ti chelovek, vklyuchaya troix detey

Toʻqnashuv natijasida yongʻin kelib chiqqan. “Neksiya”da boʻlgan 42 yoshli haydovchi N.M, uning 39 yoshli rafiqasi M.X., haydovchining 13, 10 yoshli farzandlari M.B. va A.B., yoʻlovchi boʻlgan 34 yoshli G.SH. va 7 yoshli M.SH.lar hodisa joyida yonib ketib vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar:
YTH, mudhish YTH, Namangan

Asosiy mavzular