Sirdaryoda o‘zi va ikki o‘g‘lini suvga tashlamoqchi bo‘lgani aytilgan ayol haqida ma’lumot berildi

© Sputnik / StringerZima v Tashkente
Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aniqlanishicha, videotasvirda keltirilgan ona A.R. va uning farzandlari Toshkent viloyati Bekobod tumani “Turkman” MFY da doimiy yashab keladi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Sirdaryo viloyati Shirin shahar hokimligi ona o‘z farzandlarini daroga tashlamoqchi bo‘lgani aytilgan video yuzasidan ma’lumot berdi.

Voqea Sirdaryo viloyati Shirin shahar Ichki ishlar bo‘limi hamda “Farhod” mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari tomonidan o‘rganilganda quyidagilar aniqlangan: videotasvirda keltirilgan ona A.R. va uning farzandlari Toshkent viloyati Bekobod tumani “Turkman” MFY da doimiy yashab keladi. Videodagi holat 2020-yil 15-dekabr kuni sodir bo‘lgan.

Vodniy kanal, protekayushiy radom s mnogoetajnimi domami v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent yaqinida 18 yashar qiz bir guruh o‘smirlar tomonidan pichoqlandi va kanalga uloqtirildi

O‘rganishlar natijasida ona o‘z turmush o‘rtog‘i E.Sh.dan boshqa bir ayol bilan ba’zi-ba’zida telefon orqali so‘zlashayotganligini bilib, uni rashk qilgani aniqlangan. Keyin achchiq ustida Toshkent viloyati Bekobod tumanidan Sirdaryo viloyati Shirin shahar “Farhod” MFYga o‘tadigan “Do‘stlik” kanali ko‘prigining Bekobod tumani qismidan o‘z farzandlarini kanalga tashlamoqchi bo‘lgan.

Shunda uni Shirin shahar Ekologiya va atrofni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari to‘xtatib qolgan.

Shirin shahar IIB hamda “Farhod” MFY xodimlarining surishtiruvlari natijasida aniqlanishicha, 1985-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug‘ilgan ayol (ona) A.R va uning turmush o‘rtog‘i E.Sh.lar o‘rtasida rashk tufayli hech qanday oilaviy mojarolar va janjallar bo‘lmagan.

Bo‘lib o‘tgan mazkur voqea Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida bo‘lganligi hamda voqea ishtirokchilari ham Bekobod tumanida doimiy yashab kelayotganligi sababli bugungi kunda ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Bekobod tumani IIB hamda “Turkman” MFY xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Mazkur voqea Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida va ushbu tuman fuqarolari ishtirokida bo‘lganligini inobatga olgan holda, ijtimoiy tarmoqlarda bu voqea "Sirdaryo viloyati Shirin shahrida bo‘lgan" deya tarqatilgan noto‘g‘ri xabarlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlardagi faol blogerlar hamda kuzatuvchilardan tasdiqlanmagan, noto‘g‘ri axborot tarqatmaslikni va bu bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik mavjud ekanligini eslatib o‘tmoqchimiz”, - deyilgan hokimlik xabarida.

Yangiliklar lentasi
0