19:11 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Hodisalar
Havola olish
121 0 0

“N.” xususiy korxonasi rahbari ohak ishlab chiqarish tsexida oʻrnatilgan gaz hisoblagich koʻrsatkichlarini oʻzgartirgan.

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Navoiy shahrida gaz hisoblagich koʻrsatkichlarini oʻzgartirgan xususiy korxona rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Sputnik agentligiga Bosh prokuratura matbuot kotibi maʼlum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar boʻlimi tergovga qadar tekshiruv oʻtkazgan. Unda “N.” xususiy korxonasi rahbari ohak ishlab chiqarish tsexida oʻrnatilgan gaz hisoblagich koʻrsatkichlarini oʻzgartirgani aniqlangan. Gaz taʼminoti korxonasi manfaatlariga 437 mln soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185.2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklifini bildirgani xabar qilingan edi.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, gaz, Navoiy shahri

Asosiy mavzular