TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Samarqandda yoʻlning qoq oʻrtasida yarim yalangʻoch boʻlib “Kaptiva” yoʻlini toʻsgan erkakka nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga koʻra, olib borilgan surishtiruvlar natijasida ushbu huquqbuzarlikni Samarqand tumani Mironqul MFYda yashovchi 25 yoshli S.B. sodir etgani aniqlangan. U mast holatda boʻlgan.
Unga nisbatan Oʻzbekiston MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Toʻplangan hujjatlar yakuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand tumani maʼmuriy ishlar boʻyicha sudiga yuborilgan.
Shuningdek, fuqaroning oʻzi bilan bu kabi huquqbuzarliklarni takroran sodir etmaslik borasida profilaktik suhbat oʻtkazildi.