Surxondaryo viloyatidagi masjidda qotillik yuz berdi

© Sputnik / Aleksandr Paniotov / Mediabankka o‘tishKupol mecheti
Kupol mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur holat yuzasidan qotillikda gumonlanayotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u protsessual tartibda ushlangan.

TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Surxondaryo viloyatidagi Sherobod tumanidagi jome masjidida qotillik yuz bergan. 

Bosh prokuratura matbuot-xizmati hodisa Sherobod tumanida joylashgan jome’ masjidi binosida 22-dekabr kuni yuz bergan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra fuqaro M.Sh. (1974 y.t., ishsiz) shu masjidning kotibi Sh.G. bilan o‘zaro janjallashib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan unga tan jarohati yetkazgan.

Jabrlanuvchi Sh.G. olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonaga olib ketilayotganida yo‘lda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga O‘zbekiston JKning 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0