10:42 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Hodisalar
Havola olish
80 0 0

Bobur koʻchasida 29 yoshli haydovchi boshqaruvi ostidagi 12-sonli avtobus saroyiga tegishli avtobusning dvigatel qismida yongʻin yuzaga kelgan.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Toshkentda avtobusda yongʻin chiqdi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, 22 dekabr kuni soat 14:50 larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasida 12-sonli avtobus saroyiga tegishli avtobusning dvigatel qismida yongʻin yuzaga kelgan. Yongʻin haydovchi yoʻlovchi tashuvchi avtobusni 47-yoʻnalishda boshqarib ketayotgan vaqtda sodir boʻlgan.

Proizoshel pojar v avtobuse v Tashkente
Proizoshel pojar v avtobuse v Tashkente

Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yongʻin yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, yongʻin, Toshkent

Asosiy mavzular