18:14 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Hodisalar
Havola olish
472 0 0

Qirgʻizistonda hibsga olingan erkak Oʻzbekiston hududida 1995 yilda qotillik sodir etganlik gumoni bilan xalqaro qidiruvda boʻlgan.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Qirgʻizistonda 43 yoshli chet el fuqarosi qoʻlga olindi. U xalqaro qidiruvda boʻlgan va Oʻzbekiston hududida qotillikda gumonlanmoqda. Bu haqda Qirgʻiziston IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Militsiyaga Chuy viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro “Hizb ut-Tahrir al-Islomiy”* diniy ekstremistik guruhining faol aʼzosi boʻla turib, ushbu tashkilot gʻoyalarini targʻib etayotgani haqida maʼlumot kelib tushgan. Tekshiruv natijasida bu maʼlumot tasdiqlangan.

“D.R. ismli erkak Qirgʻizistonga Oʻzbekistondan kelgan. U respublika hududida soxta pasport bilan boʻlgan. Shuningdek, D.R. Oʻzbekiston hududida 1995 yilda qotillik sodir etganlik gumoni bilan xalqaro qidiruvda boʻlgani aniqlangan”, - deyilgan xabarda.

Hozirda u hibsga olingan. Qirgʻiziston JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻona viloyatida bir guruh “Hizb ut-Tahrir”* aʼzolari ushlandi

* Qator davlatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Teglar:
Oʻzbekiston, qamoq, qotillik, “Hizb ut-Tahrir”, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular