11:21 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Hodisalar
Havola olish
377 0 0

GAZ-3110 haydovchisi va avtomobil salonida boʻlgan yoʻlovchi birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Toshkent shahri Mirobod tumani Turkiston koʻchasida GAZ-3110  rusumli mashina avtomobil koʻprigidan Kichik halqa yoʻliga tushib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Hodisa 27 dekabr kuni soat 04:30 larda sodir boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 43 yoshli haydovchi M.G. avtomobilda harakatlanayotib, avtomobil koʻprigiga yetgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotgan. Bu uning koʻprikdan qulab tushishiga sabab boʻlgan.

V Tashkenta avtomobil upal s puteprovoda
V Tashkenta avtomobil upal s puteprovoda

Natijada haydovchi va avtomobil salonida boʻlgan yoʻlovchi birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB hodisa sabablarini aniqlamoqda.

Asosiy mavzular