16:25 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Hodisalar
Havola olish
284 0 0

“Toshkent — Moskva” yoʻnalishida uchayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning PZR-test maʼlumotnomalari soxta ekani aniqlangan.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. DXX hamda IIV xodimlari COVID-19 testini soxtalashtirayotgan guruhni fosh etdi.

Sogʻliq saqlash vazirligi xabariga koʻra, firibgarlar koronavirusni aniqlashda PZR-test maʼlumotnomalarini soxtalashtirib, “Toshkent” xalqaro aeroportida yoʻlovchilarga sotish bilan shugʻullangan.

Vstupitelnыe ekzamenы v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturы
Generalnaya prokuratura Uzbekistana

Xususan, “Toshkent — Moskva” yoʻnalishida uchayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning hujjatlari tekshirilganida ularning PZR-test maʼlumotnomalari soxta ekani aniqlandi.

Tezkor harakatlar davomida mazkur shaxslar COVID-19 ni aniqlash boʻyicha test topshirmasdan, ushbu soxta maʼlumotnomalarni Buxoro viloyatida tugʻilgan Q. E. va Xorazm viloyatida tugʻilgan M. M.lardan sotib olganliklari maʼlum boʻlgan.

Ularga soxta maʼlumotnomalarni Toshkent shahrida yashovchi M. N. va K. A.lar tayyorlab, yetkazib turishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, koronavirus

Asosiy mavzular