16:41 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Hodisalar
Havola olish
59301

Qamchiq dovonida suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosariga tegishli “Gentra” jarlikka quladi. YTH oqibatida uning rafiqasi va 3 yoshli qizi vafot etgan.

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Qamchiq dovonida 1 yanvarga oʻtar kechasi yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. YTH oqibatida ikki kishi qurbon boʻldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

YTH 31 dekabr kuni soat 23:00 larda A-373 Toshkent–Oʻsh yoʻlining Pop tumani “Qoʻshminor” MFY hududidan oʻtuvchi 258-kilometrida sodir boʻlgan. Toshkent—Qoʻqon yoʻnalishi boʻyicha “Chevrolet Gentra” rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotgan 24 yoshli fuqaro oʻzidan oldinda harakatlanib ketayotgan “Chevrolet Gentra” avtomashinasining orqa chap tomon qismiga urilib ketgan.

Natijada oldindagi “Chevrolet Gentra” avtomobili yoʻl chetiga chiqib ketib, qiyalikka agʻdarilib ketgan. Haydovchining avtomashina salonida boʻlgan 1986 yilda tugʻilgan turmush oʻrtogʻi va 2017 yilda tugʻilgan qizi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Kun.uz nashrining aniqlik kiritishicha, YTH oqibatida vazir oʻrinbosarining rafiqasi va 3 yoshli qizi vafot etgan, amaldorning oʻzi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Suv xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati nashrga maʼlum qilishicha, YTHga uchragan vazir oʻrinbosari Vohid Ahmadjonov boʻlib, u shaxsiy avtomobilida harakatlangan va oilasi bilan Yangi yil bayramini nishonlash uchun vodiyga ketayotgan boʻlgan.

Teglar:
mudhish YTH, YTH, Namangan viloyati

Asosiy mavzular